Sayt xaritasi 00:00:00
Maslahat telefoni+998 71 239 13 58
Bizning manzilIslom Karimov ko'chasi 15 uy
Yangiliklar

O‘zbekiston ilk bor o‘zining sun’iy yo‘ldoshi va fazogirini kosmosga uchirishga tayyorgarlik ko‘rmoqda

Prezident Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasida yana bir muhim yangilikni e’lon qildi.

 

“Mustaqil O‘zbekiston tarixida ilk bor kosmik sohada sun’iy yo‘ldosh va birinchi o‘zbek fazogirini uchirish bo‘yicha ishlarni boshladik.

 

Bu – Yangi O‘zbekistonning ilmiy, texnologik rivojlanishi, umuman milliy taraqqiyotimizni yangi bosqichga olib chiqishga katta turtki beradi, deb ishonch bilan ayta olaman”, - dedi davlat rahbari.

 

Shuningdek, 2028-yil Samarqandda “Xalqaro astronavtika kongressi”ni o‘tkazish bo‘yicha puxta tayyorgarlik ko‘rilayotgani ta’kidlandi.

 

Rasmiy xabarlar I Официальные новости

Nashr sanasi 26.12.2025 Ko'rishlar 2 143
Ulashish