2026-yilda ipotekaga 23 trln so‘m ajratiladi, subsidiyalar kengaytiriladi
“Besh yil oldin aholimiz yiliga 210 mingta kvartira, 600 mingta avtomobil xarid qilgan bo‘lsa, bu yil 270 mingta uy, 1 millionta mashina sotib oldi. Agar aholining daromadi, xarid qobiliyati oshmaganida, birgina ko‘chmas mulk va avtomobil bozori 20 milliard dollarga yetarmi-di?” — prezident Shavkat Mirziyoyev.
O‘tkazilgan so‘rovlar ham, xalqaro ekspertlar tahlillari ham 75 foiz aholining moliyaviy holati keskin yaxshilanganini tasdiqlamoqda.
2026-yilda uy-joy ipotekasiga 23 trln so‘m resurs ajratiladi. Uy-joy sotib olishda boshlang‘ich to‘lov va foiz to‘lovlarining bir qismini qoplash uchun 2 trln 700 mlrd so‘m subsidiya beriladi. Shuningdek, bitta kvartira uchun ajratiladigan imtiyozli ipoteka krediti miqdori 15 foizga oshiriladi.
Gorizont
Ўзбекча
English
Русский