Eski mashinasini almashtiraman deganlarga, avtokredit foizining bir qismi qoplab beriladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev katta miqdorda zararli moddalar chiqaradigan avtomashinalarning poytaxt va viloyat markazlari hamda shaharlarga kirishi cheklanishini ma’lum qildi.
“Bunday transport vositalarini yangisiga almashtirish yoki ularga filtr o‘rnatish uchun davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash choralari ko‘riladi”, — dedi davlat rahbari.
Shuningdek, eski mashinasini almashtiraman deganlarga, avtokredit foizining bir qismi qoplab beriladi. Filtr o‘rnatib, zararni kamaytirishga tayyor bo‘lgan haydovchilar uchun xarajatlarining bir qismi bo‘yicha subsidiya ajratiladi.
Dunyo tajribasidan kelib chiqib, avtomobillar chiqarayotgan zararli moddalar darajasiga qarab, ekologik stikerlar tizimi joriy etiladi.
Davlat kafolati ostida tashqi qarz olish masalasini ma’qullashni parlament vakolatiga o‘tkazish taklif qilindi
“Ko‘plab ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar fikrini o‘rganib, 2026-yil 1-yanvardan davlat xaridlarida barcha uchun ochiq, shaffof va adolatli tizim yaratayapmiz”, — dedi davlat rahbari.
Ma’lumot uchun, 2023-yildan buyon tashqi qarz miqdorini parlament belgilab kelmoqda.
Gorizont
Ўзбекча
English
Русский