Yangi kitob taqdimoti: “Peshonada bitilgani bo‘ladi”
5-may kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida taniqli olim, professor, filologiya fanlari doktori, Beruniy nomidagi Davlat mukofoti sohibi Hamid Sulaymonov tavalludining 115-yilligi munosabati bilan tadbir o‘tkazildi.
Tadbir doirasida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Galina Dolgaya tomonidan yozilgan “Peshonada bitilgani bo‘ladi” (“Vsyo, chto sudboy predresheno”) kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Mazkur asar o‘z umrini Alisher Navoiy merosini o‘rganish va targ‘ib qilishga bag‘ishlagan Hamid Sulaymonovning hayoti va ilmiy faoliyati haqidadir.
Taqdimotda Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori, akademik Akmal Saidov ishtirok etdi va so‘zga chiqdi.
Ishtirokchilar fikricha, yangi kitobda Hamid Sulaymonovning shaxsiyati, hayot yo‘li, ilmiy shakllanishi adabiy-badiiy jihatdan yuksak tarannum etilgan. Shuningdek, atoqli o‘zbek olimining ulug‘ shoir va mutafakkir ajdodimiz Alisher Navoiy ijodini tadqiq etish borasidagi beqiyos hissasi o‘ziga xos mahorat bilan yoritilgan.
Inson huquqlari bo‘yicha
O‘zbekiston Respublikasi
Milliy markazining
matbuot xizmati
Ўзбекча
English
Русский