Akademiklar Akmal Saidov va Qalandar Abdurahmonov – Qashqadaryoda
25-may kuni O‘zbekiston Fanlar akademiyasining akademiklari – Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori, yuridik fanlar doktori, professor Akmal Saidov bilan G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent shahridagi filiali direktori, iqtisodiyot fanlari doktori, professor Qalandar Abdurahmonov Chiroqchi tumaniga tashrif buyurdilar.
Ma’lumki, taniqli o‘zbek iqtisodchi olimi Qalandar Abdurahmonov 1946-yilda Qashqadaryo viloyatining ushbu tumanida tug‘ilgan. O‘tgan davrda fidoyi olim Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Samarqand davlat universiteti hamda Chiroqchi tumanidagi 1-sonli maktabda “Inson kapitali va sun’iy intellekt” ilmiy maktabiga asos solgan.
Tashrif davomida akademiklar A.Saidov va Q.Abdurahmonov ana shu maktabda bo‘ldilar. Qalandar aka tug‘ilib-o‘sgan qishloqda bo‘lib, mahalla faollari va olimning yaqin qarindoshlari bilan samimiy suhbatlashdilar.
Ertaga, 26-may kuni akademiklar “Abdulla Oripov va Qalandar Abdurahmonov” nomidagi ilmiy-tadqiqot markazining tantanali ochilishida ishtirok etish uchun Shahrisabzga boradilar. Mazkur ilmiy-tadqiqot markazi yosh avlodni milliy ma’naviyat, adabiyot, ilm-fan va tafakkur an’analari ruhida tarbiyalash, buyuk siymolar merosini chuqur o‘rganish hamda targ‘ib qilish maqsadida tashkil etilmoqda.
Inson huquqlari bo‘yicha
O‘zbekiston Respublikasi
Milliy markazining
matbuot xizmati
Ўзбекча
English
Русский