Farg‘ona axborot-kutubxona markazi fondi inson huquqlariga oid yangi adabiyotlar bilan boyidi
1-iyul kuni Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi tashabbusi bilan Farg‘ona viloyati axborot-kutubxona markaziga inson huquqlariga oid yangi kitoblar turkumi topshirildi.
Shu munosabat bilan tashkil etilgan ma’rifiy tadbirda Milliy markaz vakillari kutubxonadagi kitobxonlar bilan o‘zaro muloqot qildilar. Qiziqarli suhbat asnosida Milliy markazning faoliyati, asosiy maqsadlari va inson huquqlarini ta’minlash yo‘nalishidagi vazifalari haqida ma’lumotlar berildi.
Kutubxonaga taqdim etilgan yangi nashrlar inson huquqlari, gender tenglik, bola huquqlarini himoya qilish va konstitutsiyaviy islohotlarning mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan. Mazkur adabiyotlar nafaqat keng kitobxonlar ommasi, balki huquqshunoslik sohasi tadqiqotchilari va talabalar uchun muhim ilmiy-manbaviy bazani tashkil etadi.
Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi tomonidan joylardagi kutubxonalarga muntazam ravishda huquqiy kitoblar yetkazib berilmoqda. Ushbu tashabbus hududlarda inson huquqlari madaniyatini yuksaltirish hamda aholi, ayniqsa, yoshlarning inson huquqlari bo‘yicha xalqaro va milliy qonunchilikka oid bilimlarini oshirishga qaratilgan.
Inson huquqlari bo‘yicha
O‘zbekiston Respublikasi
Milliy markazining
matbuot xizmati
Ўзбекча
English
Русский