Sayt xaritasi 00:00:00
Maslahat telefoni+998 71 239 13 58
Bizning manzilIslom Karimov ko'chasi 15 uy
Yangiliklar

Oʻzbekiston Prezidenti I darajali “Manas” ordeni bilan taqdirlandi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni I darajali “Manas” ordeni bilan taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.

Qirgʻiz Respublikasining yuksak mukofotini davlatimiz rahbariga Prezident Sadir Japarov topshirdi.

Oʻzbekiston yetakchisi qardosh Qirgʻiziston Prezidenti va xalqiga chuqur minnatdorlik bildirib, ushbu mukofotni ikki xalq oʻrtasidagi koʻp asrlik doʻstlik va yaxshi qoʻshnichilik rishtalarini mustahkamlash borasidagi birgalikdagi saʼy-harakatlar hamda Oʻzbekiston va Qirgʻiziston munosabatlarini yangi tarixiy bosqich – ittifoqchilik darajasiga olib chiqishga qaratilgan mushtarak intilishlarning yuksak eʼtirofi sifatida qabul qilishini taʼkidladi.

1996-yilda taʼsis etilgan “Manas” ordeni Qirgʻiz Respublikasining oliy davlat mukofotlaridan biri hisoblanadi. Respublika va xorij fuqarolariga davlatchilik va xalqaro hamkorlikni mustahkamlash, xalqlar oʻrtasida tinchlik, doʻstlik va oʻzaro anglashuv rishtalarini rivojlantirishga qoʻshgan ulkan hissasi uchun beriladi.

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Nashr sanasi 30.07.2026 Ko'rishlar 34
Ulashish