Sayt xaritasi 00:00:00
Maslahat telefoni+998 71 239 13 58
Bizning manzilIslom Karimov ko'chasi 15 uy
Yangiliklar

Bolaning yana bir huquqi: otasi ismini familiya qilishi mumkin

Davlatimiz rahbari 2026-yil 13-avgustda “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi.

Qonun bilan Oila kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, bolaga otaning ismi, ota yoki ona tomonidan milliy an’analarga ko‘ra boboning ismi bo‘yicha familiya berilishi mumkinligi belgilandi. Ilgari kodeksda otaning ismi familiya sifatida berilishi nazarda tutilmagan edi.

“Arxiv ishi to‘g‘risida”gi qonunga kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra, elektron arxiv hamda nodavlat arxivlarni tashkil etish tartibi belgilandi.

Elektron arxivlarning o‘ziga xos talablari elektron arxiv tizimining apparat-dasturiy ta’minoti mavjudligi, elektron arxiv fondlari va hujjatlarini yaratish uchun zarur vositalarning, shu jumladan, raqamlashtirish qurilmalari va dasturlarining mavjudligi, elektron arxiv hujjatlarini qidirish, boshqarish va ularga ishlov berish imkoniyatining mavjudligi, elektron shakldagi arxiv hujjatining asl arxiv hujjati bilan bir xilligini ta’minlash, elektron arxiv tizimining axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlik talablariga rioya etishdan iborat.

Milliy arxiv fondining davlatga tegishli bo‘lmagan qismiga kiritilgan arxiv hujjatlarini, shuningdek davlat mulki bo‘lmagan boshqa arxiv hujjatlarini jamlash, hisobga olish, saqlash va ulardan foydalanishni amalga oshirish uchun nodavlat arxivlar tashkil etilishi mumkinligi ko‘zda tutildi.

 

 

Inson huquqlari bo‘yicha

O‘zbekiston Respublikasi

Milliy markazining

 matbuot xizmati

Nashr sanasi 14.08.2026 Ko'rishlar 138
Ulashish