Xitoy poytaxtida 2026-yil 6-noyabr kuni "Sivilizatsiyalar uyğunligi va barça uçun farovonlik — ilmiy-texnik yangilanişlar hamda sivilizatsiyalar xilma-xilligi" mavzusidagi 23-Pekin forumi öz işini boşladi. Forum Pekin universiteti, Pekin şahar ta’lim qömitasi, Çey istiqbolli tadqiqotlar instituti (Janubiy Koreya) tomonidan Xitoy Xalq Respublikasi Davlat kengaşi hamda Ta’lim vazirligi kömagida taşkil etildi.
Oçiliş marosimida Pekin universiteti prezidenti Gao Song, Yevropa Komissiyasining sobiq raisi va Italiyaning sobiq Boş vaziri Romano Prodi, Fransiyaning sobiq Boş vaziri Jan-Per Raffarin, Butunxitoy xalq vakillari kengaşi Doimiy qömitasi raisining örinbosari Din Çjunli, Xitoy Xalq Respublikasi Ta’lim vaziri örinbosari Ren Yekun, Pokistonning sobiq Boş vaziri Şohid Abbosiy, YUNESKOning sobiq Boş direktori Irina Bokova va boşqa taniqli ijtimoiy-siyosiy arboblar sözga çiqdi.
8-noyabrga qadar davom etgan Pekin forumi işida dunyoning 30 ta mamlakatidan 500 dan ziyod olim va ekspertlar, siyosiy doiralar hamda diplomatik korpus vakillari qatnaşdi.
Pekin forumi işida Inson huquqlari böyiça Özbekiston Respublikasi Milliy markazi direktorining birinçi örinbosari Mirzatillo Tillaboyev iştirok etdi.
Pekin forumi ijtimoiy taraqqiyot, sivilizatsiyalar uyğunligi va insoniyat ravnaqiga xizmat qiluvçi gumanitar va ijtimoiy fanlar, xalqaro ilmiy almaşinuv hamda madaniyatlararo muloqotni rivojlantirişga kömaklaşadi.
Pekin forumi iştirokçilari butun insoniyat tarixi davomida har bir texnologik sakraş sivilizatsiya qiyofasi va uning rivojlaniş yönalişiga çuqur ta’sir körsatib, turli an’analarni muloqot orqali yangilanişga undaganini ta’kidlaydilar. Bugungi kunda global texnologik transformatsiya misli körilmagan kölam va çuqurlik bilan tezlaşmoqda. U nafaqat iqtisodiy taraqqiyot va ijtimoiy boşqaruv modellarini özgartirmoqda, balki dunyo sivilizatsiyalarining özaro almaşinuvi, bir-birini boyitişi va hamjihatlikda yaşaşi uçun yangi tarixiy ufqlarni oçmoqda.
Şu munosabat bilan özaro farqlarni hurmat qilgan va xilma-xillikni qabul qilgan holda texnologiyalar rivojini qanday yönaltiriş hamda sivilizatsiyalar muloqoti salohiyatini röyobga çiqariş uçun texnologik innovatsiyalardan qanday foydalaniş kerakligi insoniyat farovonligiga daxldor eng muhim vazifa bölib qolmoqda.
Forumda texnik taraqqiyot bilimlarni yaratiş va tarqatiş, qadriyatlarni avloddan avlodga yetkaziş hamda özlikni madaniy namoyon etiş şakllarini tubdan özgartirayotgani ta’kidlandi. U sivilizatsiyalararo bilim almaşiş va intellektual hamkorlik uçun yangi maydon yaratiş barobarida, bilimlar darajasidagi tafovut va raqamli tengsizlik kabi muammolarni ham keltirib çiqarmoqda.
Şiddatli texnologik ösiş şaroitida insonparvarlik ruhi va sivilizatsiyalar xilma-xilligini qanday saqlab qoliş hamda texnologiyalar teran muloqot va özaro ilhomlanişga xizmat qilişi uçun samarali yöllarni topiş davrimizning dolzarb masalasidir. Pekin forumi xalqaro ilmiy hamjamiyatda istiqbolli tadqiqotlarni qöllab-quvvatlaş va hamfikrlikka erişişga kömaklaşgan holda, zamonaviy tendensiyalarni ilğaş, ilmiy tafakkurni birlaştiriş hamda hayotiy masalalarga yeçim topişga intilmoqda.
Forumning yalpi va 13 ta şöba majlislarida texnologik transformatsiya falsafasi: ilmiy amaliyot, qadriyatlar va sivilizatsiyalar muloqoti; raqamli gumanitar fanlar va mumtoz şarqşunoslik; texnologik transformatsiya va xalqaro taraqqiyot; texnologiyalar, gegemonlik va sivilizatsiyalarning özaro boyişi kabi qator masalalar muhokama qilindi.
Inson huquqlari böyiça
Özbekiston Respublikasi
Milliy markazining
matbuot xizmati
