Sayt xaritasi 00:00:00
Maslahat telefoni+998 71 239 13 58
Bizning manzilIslom Karimov ko'chasi 15 uy
Yangiliklar

Ilmiy tadqiqotlarning sud va huquqni qo‘llash amaliyotini takomillashtirishdagi o‘rni

2022 yil 4 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasi tomonidan an’anaviy fan soati doirasida o‘tkazilgan ilmiy uchrashuvda shu va ayni sohaning boshqa dolzarb masalalari haqida so‘z bordi. Tadbir Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi, Sudyalar oliy maktabi, Toshkent davlat yuridik universiteti, Yuristlar malakasini oshirish markazi, Jamoat xavfsizligi universiteti va boshqa hamkorlar bilan birgalikda tashkil etildi.

Mazkur an’anaviy fan soatida professor-o‘qituvchilar, ilmiy xodimlar, mustaqil izlanuvchilar va doktorantlar, shu jumladan, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazining “12.00.10 – Xalqaro huquq”,  “12.00.01 – Davlat va  huquq nazariyasi va tarixi. Huquqiy ta’limotlar tarixi”, “12.00.13 – Inson huquqlari” ixtisosliklari bo‘yicha doktorant va mustaqil izlanuvchilari ishtirok etdi.

Onlayn va oflayn formatda o‘tkazilgan idoralararo uchrashuvda:

  • ilmiy tadqiqot ishlariga qo‘yilgan talablar;
  • ilmiy tadqiqotlarning sud va huquqni qo‘llash amaliyotini takomillashtirishdagi o‘rni;
  • yuridik sohada ilmiy tadqiqot olib borishda zamonaviy nazariy qarashlarning ahamiyati;
  • xorijiy mamlakatlarda ilmiy tadqiqot faoliyatini amalga oshirishning o‘ziga xos xususiyatlari atroflicha muhokama qilindi.

Angliyaning Manchester universiteti professori Kris Tornxil va Shvesiyaning Lund universiteti Huquq sotsiologiyasi instituti dotsenti, Huquq sotsiologiyasi sohasida falsafa fanlari doktori Rustamjon O‘rinboev ushbu ilmiy seminarning mehmonlari bo‘ldi.

 

Inson huquqlari bo‘yicha
O‘zbekiston Respublikasi
Milliy markazining
matbuot xizmati

Nashr sanasi 07.02.2022 Ko'rishlar 5 029
Ulashish