Sayt xaritasi 00:00:00
Maslahat telefoni+998 71 239 13 58
Bizning manzilIslom Karimov ko'chasi 15 uy
Yangiliklar

Akmal Saidov: Qonun bo‘yicha sharh tayyorlash muhim

Avval xabar berilganidek, Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida “Ma’muriy tartib-taomillar to‘g‘risida”gi qonun loyihasi muhokamasi qizg‘in ruhda kechdi. Qonun loyihasi ikkinchi va uchinchi o‘qishda qabul qilindi. Spiker o‘rinbosari Akmal Saidov mazkur qonun loyihasining ahamiyati va muhimligi haqida to‘xtalib, bir qator takliflarni bildirdi:

—  “Ma’muriy tartib-taomillar to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ma’muriy huquq sohasidagi muhim va juda katta qonunlardan biri hisoblanadi. Shu bois uning mazmun-mohiyatini keng targ‘ib qilish masalasiga ham alohida e’tibor qaratishimiz, keng jamoatchilikka targ‘ib qilish chora-tadbirlarini ko‘rishimiz lozim. Bu borada  ma’muriy huquq sohasidagi mutaxassislar, tegishli mutasaddilar, deputatlar, yurist va amaliyotchilar ishtirokida ishchi guruhi tuzib, qonunning tartib-qoidalarini sodda tilda sharhlash kerak.   
 
Bundan tashqari, oliy ta’lim muassasalarida ma’muriy huquqlar qay tartibda o‘qitilmoqda? Bu masalalarni ham o‘rganishimiz lozim, — dedi Spiker o‘rinbosari.   
 
 

Muhtarama Komilova, O‘zA

Nashr sanasi 08.02.2022 Ko'rishlar 4 970
Ulashish