Sayt xaritasi 00:00:00
Maslahat telefoni+998 71 239 13 58
Bizning manzilIslom Karimov ko'chasi 15 uy
Yangiliklar

Ilmiy akselerator – Akademiyaning yangi tashabbusi

2022 yil 12 aprel kuni Bosh prokuratura Akademiyasida
Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi va O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabi bilan hamkorlikda tashkillashtirilgan Ilmiy akseleratorning birinchi seminari bo‘lib o‘tdi.

Ushbu tashabbus doktorantlar va mustaqil izlanuvchilarning dissertatsiya tadqiqotlarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.

Ilmiy akseleratorning maqsadi dissertatsiya ishlarining sifatini oshirish, “ustoz-shogird” an’analarini yo‘lga qo‘yish hamda dissertatsiya ishlarini tayyorlash jarayonlarini uslubiy ta’minlashdan iborat.

Seminar aralash, ya’ni oflayn va onlayn shaklda o‘tkazildi. Tadbir ishtirokchilari Ilmiy akselerator ishini kelgusida yanada rivojlantirishga kelishib oldilar.

O‘zbekiston Respublikasi
Bosh prokuraturasi Akademiyasi

 

Nashr sanasi 13.04.2022 Ko'rishlar 5 786
Ulashish