Sayt xaritasi 00:00:00
Maslahat telefoni+998 71 239 13 58
Bizning manzilIslom Karimov ko'chasi 15 uy
Yangiliklar

Xalqaro notijorat huquq markazi vakili bilan uchrashuv

2022 yil 20 aprel kuni Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktorining o‘rinbosari D.Muratova Xalqaro notijorat huquq markazi katta huquqiy maslahatchisi G. Kujukeeva bilan uchrashdi. 

Muloqotda Qo‘shma memorandum doirasidagi o‘zaro hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilindi. 

 G.Kujukeeva uchrashuv uchun minnatdorchilik bildirar ekan, O‘zbekiston hukumati tomonidan inson huquqlarini ta’minlash yo‘lida izchil sa’y-harakatlar va chora-tadbirlar amalga oshirilayotganini ta’kidladi. Ayniqsa, keyingi yillarda bu sohada erishilgan yutuqlarga yuqori baho berdi.

 

 Uchrashuv doirasida tomonlar o‘zaro hamkorlikning hozirgi holati va istiqbollarini ko‘rib chiqdilar. Inson huquqlari bo‘yicha ta’lim sohasidagi hamkorlikni kelgusida davom ettirishga oid masalalar yuzasidan atroflicha fikr almashildi.

 

Inson huquqlari bo‘yicha
O‘zbekiston Respublikasi
Milliy markazining
matbuot xizmati

Nashr sanasi 21.04.2022 Ko'rishlar 6 236
Ulashish