Sayt xaritasi 00:00:00
Maslahat telefoni+998 71 239 13 58
Bizning manzilIslom Karimov ko'chasi 15 uy
Yangiliklar

Milliy markazda Xalqaro migratsiya tashkiloti vakillari bilan uchrashuv bo‘ldi

Joriy yil 21 aprel kuni Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazida Xalqaro migratsiya tashkilotining (XMT) tinchlikparvarlik bo‘limi boshlig‘i Jeyson Aplonom bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda XMTning ozod etish, psixologik yordam kщrsatish, reintegratsiya va yarashuv dasturi katta muvofiqlashtiruvchisi Natali Gendre, Milliy markaz direktorining yordamchisi O.Ahmadov, Xalqaro shartnomalarni implementatsiya qilish bo‘limi bosh mutaxassisi A.Jasimova hamda Xalqaro hamkorlik bo‘limi yetakchi mutaxassisi F.Avazova ishtirok etdi.

Uchrashuvdan ko‘zlangan maqsad qurolli mojaro hududlaridan (Suriya, Iroq va Afg‘oniston) qaytib kelgan shaxslarni repatriatsiya va reintegratsiya qilish uchun O‘zbekiston tomonining ehtiyojlari va ustuvor yo‘nalishlarini aniqlashdan iborat bo‘ldi.

XMT tinchlikparvarlik bo‘limi boshlig‘i Jeyson Aplon uchrashuv uchun o‘z minnatdorchiligini izhor etar ekan, Miliy markaz va XMTning O‘zbekistondagi vakolatxonasi o‘rtasidagi uzoq muddatli va samarali hamkorlikga yuksak baho berdi.

O‘z navbatida, Milliy markaz vakillari mehmonlarga tashrif uchun minnatdorchilik bildirib, Milliy markaz faoliyati, shuningdek, mamlakatda inson huquqlari sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida batafsil ma’lumot berdilar.

Inson huquqlari bo‘yicha
O‘zbekiston Respublikasi
Milliy markazining
matbuot xizmati

 

Nashr sanasi 27.04.2022 Ko'rishlar 6 388
Ulashish