2022 yilda ilk marotaba 11 may kuni barqaror rivojlanishning muhim masalalarini hal etishda fuqarolik jamiyati institutlarining o‘rni va ahamiyatini oshirish, ular faoliyatining konstitutsiyaviy-huquqiy asoslarini mustahkamlash sohasidagi milliy va xalqaro tajriba yuzasidan fikr almashish maqsadida ilmiy-amaliy xalqaro anjuman tashkil etiladi.
Tashkilotchilar: Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi, Barqaror rivojlanish Markazi, O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi.
Xorijiy hamkor: USAID (AQSh)
Tadbirning asosiy vazifalari:
fuqarolik jamiyati institutlarining erkin faoliyat yuritishi uchun siyosiy, huquqiy va tashkiliy shart-sharoitlarni yanada yaxshilash bo‘yicha takliflarni o‘rganish, Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasida bayon etilgan adolatli fuqarolik jamiyatini yanada mustahkamlash borasidagi vazifalarni amalga oshirish jarayonlarini muhokama etish;
xalqaro standartlar va milliy qonunchilik tahlili, shuningdek, jamiyat va davlatni barqaror rivojlantirishning dolzarb muammolarini hal etishda fuqarolik jamiyati institutlarining faolligini oshirish, ularning jamiyat va davlat boshqaruvi jarayonlarida, mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotida faol ishtirok etishining keyingi bosqichlarini belgilash bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.
Eslatib o‘tamiz, tadbir Toshkent shahrida oflayn va onlayn formatda o‘tkao‘iladi. Bu dunyoning turli mamlakatlaridan yanada ko‘proq ishtirokchilarning tadbirga onlayn ulanishiga sharoit yaratadi hamda munozaralarda ishtirok etish imkonini beradi;
xalqaro konferensiyada milliy va xorijiy ekspertlar, davlat idoralari, ilmiy muassasalar va oliy o‘quv yurtlari, O‘zbekistonning turli fuqarolik jamiyati institutlari va xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirokida yalpi sessiyalar bo‘lib o‘tadi.
Tadbirda takliflar bilan ishtirok etmoqchi bo‘lsangiz mana bu ➡ @BRMNNT_bot orqali murojaat qiling va ro‘yhatdan o‘ting!
- Qo'shildi: 06.05.2022
- Ko'rishlar: 3970
- Chop etish