Sayt xaritasi 00:00:00
Maslahat telefoni+998 71 239 13 58
Bizning manzilIslom Karimov ko'chasi 15 uy
Yangiliklar

A. Saidov xalqaro konferensiyada ishtirok etdi

2022 yil 7 iyun kuni Polshaning Sedlse shahrida “Markaziy va Sharqiy Yevropa hamda Markaziy Osiyo mamlakatlarining migratsion siyosati. Siyosat – huquq – xavfsizlik – iqtisodiyot” mavzusida xalqaro ilmiy konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Ta’kidlanganidek, xalqaro migratsiya jarayoni mintaqalar davlatlarining iqtisodiyoti hamda ijtimoiy siyosatida muhim rol o‘ynash bilan birgalikda, ularning xavfsizligi va xorijiy fuqarolarning integratsiyalashuv imkoniyatlari sohasida qator muammolarni ham keltirib chiqaradi. Mehnat bozoriga ta’sir ko‘rsatayotgan demografik vaziyat, asosan Iroq, Suriya va Afg‘oniston davlatlaridan migratsiyaning sezilarli ko‘payishi bilan birgalikda, uning afzalliklarini aniqlash va maksimal darajada oshirish, shuningdek, migratsiya harakatining jamiyatga potensial salbiy ta’sirini kamaytirish maqsadida nodavlat tashkilotlarning mehnat faoliyatini kuchaytirish va muvofiqlashtirish zaruratini keltirib chiqaradi.

Tadbirda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi o‘rinbosari A. Saidov “Yangi O‘zbekistonning migratsiya siyosati: qonunchilik va institutsional asos” mavzusida ma’ruza bilan ishtirok etdi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi rasmiy sayti.

 

Nashr sanasi 07.06.2022 Ko'rishlar 5 736
Ulashish