Sayt xaritasi 00:00:00
Maslahat telefoni+998 71 239 13 58
Bizning manzilIslom Karimov ko'chasi 15 uy
Yangiliklar

Samarqandga Turkiya Inson huquqlari va tenglik instituti raisi Muharrem Qilich boshchiligidagi Turkiya Respublikasi delegatsiyalari tashrif buyurdi.

Mehmonlar Registon maydoni, Amir Temur maqbarasi, Shohi Zinda majmuasi, Ulug‘bek rasadxonasi va shaharning boshqa diqqatga sazovor joylarini ziyorat qildi.

Muharrem Qilich jahon ilm-fani, madaniyati, muqaddas islom dinining buyuk namoyandalari yurtiga kelganidan xursand ekanligini ta’kidladi.

Eslatib o‘tamiz, kecha Toshkent shahrida “Inson huquqlari sohasida ta’lim: O‘zbekiston - Turkiya tajribasi” mavzusidagi davra suhbati doirasida Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi va Turkiya Inson huquqlari va tenglik instituti o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolangan edi.

Samarqand yangiliklari kanali

Nashr sanasi 09.06.2022 Ko'rishlar 5 160
Ulashish