“ORZULAR RO‘YOBINI, YANGI REJA VA MAQSADLARNI TUG‘FA ETGANING UCHUN TASHAKKUR, O‘ZBEKISTON!”
Buxoro shahrida o‘tkazilgan Turkiy davlatlar tashkilotining IV Yosh liderlar forumi turkiy dunyo yoshlarini nafaqat bir platformaga birlashtirdi, balki ularning o‘zaro hamkorlik qilishiga, tajriba almashishiga, do‘stlashishiga imkon yaratdi.
Forum ishtirokchilarining fikrlari aynan shu hakda.
E’tirof
Bag‘dod AMREEV,
Turkiy davlatlar tashkiloti Bosh kotibi:
— Yosh liderlar forumi Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo va kuzatuvchi mamlakatlarning yoshlar siyosatiga mas’ul davlat va nodavlat tashkilotlari rahbarlari, faol o‘g‘il-qizlar o‘rtasida mana necha yildirki ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazib kelinmoqda. Asosiy maqsad — Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo mamlakatlarning yosh liderlari o‘rtasida tadbirkorlik, madaniyat, san’at, sport, media, ilm-fan sohalarida o‘zaro doimiy tajriba almashish maydoni yaratishdan iborat.
Fikrimcha, O‘zbekistonda tashkil qilingan forum bu xayrli ishni muvaffaqiyatli uddaladi, ish rejasini ortig‘i bilan bajara oldi. Mazkur anjumanda ishtirok etish uchun mamlakatingizga Turkiya, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Kirg‘iziston, Turkmaniston va Vengriya davlatlaridan yoshlar hamda delegatsiya a’zolari tashrif buyurdi, yoshlar o‘rtasida samimiy do‘stlik rishtalari bog‘landi.
Forum doirasida Buxoro shahrini “Birinchi turkiy dunyo yoshlari poytaxti” deb e’lon qildik. Bu turkiy dunyoning buyuk madaniy-tarixiy merosini ommalashtirish hamda madaniy-gumanitar hamkorlikni kuchaytirishga ham xizmat qiladi.
Ozar ALIEV,
Yoshlar tashkilotlari milliy assambleyasi raisi (Ozarbayjon):
— Bu forum turli mamlakatlarda yashayotgan, biroq fikru qarashlari, istaklari o‘xshash yoshlarni uchrashtirdi, ularga kelajaqsagi xamkorlik sari yo‘l ochdi, desak, mubolag‘a emas. Umrning bu serg‘ayrat faslida har bir insonning asosiy xohishi — o‘zini ko‘rsatish, o‘z iqtidori bilan o‘zgalarni qoyil qoddirishdir. Forum doirasida o‘zbekistonlik yosh do‘stlarim bilan suhbatlashar ekanman, har bir sohada jahon bilan bellasha oladigan yigit- qizlar ko‘p ekaniga amin bo‘ldim.
Ta’kidlashim lozimki, forum o‘ziga xos, betakror o‘tdi. Ikki kun davomida yangi do‘stlar, hamfikrlar orttirdik, yangi g‘oyalar, kelgusida birgalikda qilinadigan ishlar borasida suhbat qurdik. Ayniqsa, uchuvchisiz parvoz qiluvchi jangovar kurilmalar ishlab chiqaruvchisi, “Baykar Technology” shirkati direktori Saljuq Bayraktarning forumda qatnashishi, anjuman doirasida yoshlarga ishbilarmonlik va media yo‘nalishida mahorat darsi o‘tishi, aytish mumkinki, bizni alohida ilhomlantirdi.
O‘zbekistonga ilk sayohatim davomida bu yurtning mehmondo‘stligi, sodda va samimiy odamlari yuragimdan alohida o‘rin egalladi. Ochig‘ini aytganda, busdan buyon ham O‘zbekistonda qanday tadbir, qanday forum o‘tkazilishidan qat’i nazar, bajonidil kelib qatnashaman.
Asxat
NURMAShEV, «Asar-Ume» tashkiloti rahbari (Qozog‘iston):
— Unutmaslik lozimki, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega, kelajak uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga ola biladigan, barkamol, maqsadga intiluvchan va serg‘ayrat yoshlarni tarbiyalash mamlakatni barqaror va ildam rivojlantirishning eng muhim shartidir. Yoshlari qudratli yurt, albatta, taraqqiy topadi, turli sohalarda jahon minbarlarida sharaflanadi.
Men forum doirasida unga o‘zimcha shior o‘yladim: “Turkiy xalqlar yoshlari — turkiy dunyo birlashuvi uchun”. Ushbu nufuzli anjumasdan maqsad ham turkiy tilli yoshlarni ezgu g‘oyalar atrofida birlashtirish, ularni bir-biriga ko‘maklashib, dunyo tamadduniga hissa qo‘shgan ajdodlari singari yuksak cho‘qqilarni zabt etishga undashdan iborat. Anjumanlar va do‘stona suhbatlar davomida qardoshlar bilan muloqot qilib, shunga amin bo‘ldikki, yuqorida aytilgan maqsad ularning orzu-o‘ylari bilan mushtaraqdir.
Bizga ana shusday birodarlikni, orzular ro‘yobini, yangi reja va maqsadlarni tuhfa etganing uchun tashakkur, O‘zbekiston!
Kanat JANAT o‘g‘li, baxshi (Qirg‘iziston):
— Bu forumning aynan Buxoroda o‘tkazilganida ham o‘zgacha ma’no bor.
Buxoro zaminiga qadam qo‘yishimiz bilanoq amin bo‘ldikki, bu o‘lka san’atga boy diyor, uning xalqi, ayniqsa, ijod ahlini g‘oyat xush ko‘radi. O‘zim ham qaniydi, tezroq ularni o‘z san’atim bilan xushnud kilsaydim, deya o‘yladim. Biz forumda charchamadik, qaygaga yanada kuchga, qalbimiz hayajonga, ko‘zlarimiz quvonchga to‘ldi.
Darhaqiqat, ushbu ezgu tashabbus sanalgan forum qardosh mamlakatlar yoshlari bilan turli sohalarda hamkorlikni yanada kuchaytirish, ilm-fan yangiliklarini o‘rtoqlashish, global muammolarga ilmga tayangan holda yechim topish kabi qator ezgu niyatlar amalga oshishiga xizmat qiladi.
Aytish joizki, mamlakatingizda yoshlar masalasi davlat siyosatining eng muhim yo‘nalishlaridan, yangi O‘zbekistonda uchinchi Renessans davrining yangi avlodlarini tarbiyalash masalasi esa asosiy maqsadpardan biriga aylanganiga guvoh bo‘ldik. O‘zbekiston yoshlarining o‘z qobiliyatlarini rivojlantirishi uchun yaratilayotgan sharoitlar ko‘lami tobora kengayib borayotgani, albatta, o‘z mevasini berishiga ishonchim komil.
Rahmatjon BOBOJONOV («Xalq so‘zi») yozib oldi.
- Qo'shildi: 10.06.2022
- Ko'rishlar: 3445
- Chop etish