“Yanada samarali ko‘ptomonlilik uchun demokratiyani mustahkamlash” mavzusiga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Vebinar shaklidagi tadbir Parlamentlararo Ittifoq tomonidan Kofi Annan fondi va Madrid klubi hamkorligida tashkil etildi.
2002 yilda asos solingan Madrid klubi mustaqil notijorat tashkiloti bo‘lib, demokratiyani va xalqaro hamjamiyatda o‘zgarishlarni ilgari surishga yo‘naltirilgan. Dunyodagi 56 mamlakatning 80 nafar sobiq Prezidentlari va bosh vazirlaridan iborat klub sobiq rahbarlarning eng yirik forumi hisoblanadi.
Davra suhbati doirasida mavjud muammolar yoki to‘siqlarni bartaraf etish ko‘ptomonlama tizimini yanada takomillashtirish hamda siyosiy muammolarni muloqot va o‘zaro yon bosishlar yo‘li bilan hal etish ehtimolliklarini oshirishda parlament roli kabi masalalar muhokama qilindi.
Kofi Annan fondi ijrochi direktori Korin Momal-Vanian janoblarining ta’kidlashicha, demokratiya tamoyillari va amaliyotiga milliy va xalqaro darajadagi yangicha yondashuvlar masalani yechishning elementi bo‘lib xizmat qilishi mumkin.
Anjumanda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi o‘rinbosari, Parlamentlararo Itifoqning vitse-prezidenti, PAI Ijroiya qo‘mitasi a’zosi Akmal Saidov itirok etdi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi rasmiy sayti
- Qo'shildi: 24.06.2022
- Ko'rishlar: 4808
- Chop etish