Xabaringiz bor, mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoev Konstitutsiya qabul qilinganining 29 yilligi bilan O‘zbekiston xalqini tabriklab, asosiy qomusni yangilash to‘g‘risida “Konstitutsiyani yangilashdek g‘oyat muhim, strategik vazifani hal etishda biz yetti marta emas, yetmish marta o‘ylab, xalqimiz bilan har tomonlama maslahatlashgan holda, yurtimiz va jahondagi ilg‘or tajribalarni chuqur o‘rganib, aniq qaror qabul qilishimiz zarur”- deb ta’kidlagan edilar.
Darhaqiqat, Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi doirasida ilgari surilayotgan keng ko‘lamli vazifalar, hususan adolatli va xalqparvar davlatni barpo etish, inson huquq va manfaatlari, qadr-qimmatini yanada samarali ta’minlash kabi ulug‘vor maqsadlar ularni amalga oshirishga zarur huquqiy asosni ta’minlovchi Konstitutsiyaviy makonni yanada takomillashtirish extiyojini kun tartibiga ko‘ymoqda.
Shu maqsadda O‘zbekiston Konstitutsiyasiga o‘zgartirishlar kiritish va tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadida Konstitutsiyaviy komissiya tuzildi.
Konstitutsiyaga kiritilayotgan o‘zgartishlarda aholini bevosita ishtirokini ta’minlash hamda takliflarini qabul qilish maqsadida “Bu Mening Konstitutsiyam” veb-portali ishga tushurildi.
“O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasini umumxalq muhokamasiga qo‘yish yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi.
Shunga ko‘ra, joylarda butun respublika bo‘ylab barcha tashkilot va idoralarda ushbu konstitutsiyaviy islohotlar yuzasidan davra suhbatlari, anjumanlar tashkil etilib muhokama qilinmoqda.
Bugun, 1 iyul kuni Adliya vazirligida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar loyihasiga munosabat bildirish va ularni muhokama qilish bo‘yicha ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.
Videokonferens aloqa tarzida o‘tkazilgan Muhokamada vazirlik tizimida mehnat qiluvchi adliya organlari, muassasalari va tarkibiy bo‘linma rahbarlari hamda xodimlardan iborat 5000 ga yaqin kishi qatnashdi.
Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi o‘rinbosari, Konstitutsiyaviy komissiya raisi – Akmal Saidov ma’ruza bilan ishtirok etdi.
Ta’kidlanganidek, joriy yilning 24 iyun kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan “O‘zbekiston konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi konstitutsiyaviy qonun loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilindi.
Unga ko‘ra, Konstitutsiyaning 64 ta moddasiga 200 dan ortiq o‘zgartirishlar 6 ta yangi modda bilan 16 ta norma kiritilmoqda.
Shundan so‘ng, ushbu kiritilayotgan normalarga va o‘zgartishlarga malakali yuristlar, huquqshunos olimlar hamda soha mutahassislari o‘zlarining fikr va mulohazalarini bildirishdi.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi
- Qo'shildi: 04.07.2022
- Ko'rishlar: 4387
- Chop etish