Sayt xaritasi 00:00:00
Maslahat telefoni+998 71 239 13 58
Bizning manzilIslom Karimov ko'chasi 15 uy
Yangiliklar

Buxoro deklaratsiyasi BMT Bosh Assambleyasining rasmiy hujjati sifatida tan olindi

16-20-may kunlari Toshkent, Samarqand va Buxoro shaharlarida oʻtkazilgan “Deklaratsiyalar muloqoti” xalqaro forumi ishtirokchilari tomonidan qabul qilingan Buxoro deklaratsiyasi BMT Bosh Assambleyasi 76-sessiyasining rasmiy hujjati sifatida eʼtirof etildi.

Hujjat BMTning oltita rasmiy tiliga – ingliz, arab, ispan, xitoy, rus va fransuz tillariga tarjima qilinib, BMTning barcha aʼzo davlatlar, ixtisoslashgan muassasalariga tarqatilgan.

Buxoro deklaratsiyasi maʼrifat va bagʻrikenglik madaniyati gʻoyalarini ilgari surish, turli din vakillarining milliy anʼanalarini hurmat qilish va ularning huquqlarini taʼminlash, konstruktiv muloqotni mustahkamlashga qaratilgan.

“Yangi Oʻzbekiston” va “Pravda Vostoka” gazetalari tahririyati

Nashr sanasi 14.07.2022 Ko'rishlar 7 835
Ulashish