Sayt xaritasi 00:00:00
Maslahat telefoni+998 71 239 13 58
Bizning manzilIslom Karimov ko'chasi 15 uy
Yangiliklar

“Yuvenal yustitsiya - davr talabi”

Joriy yilning 29-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi binosida “Konstitutsiyaviy islohotlar sharoitida yuvenal yustitsiya institutini mustahkamlash” mavzusida katta davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Ushbu tadbir Oliy Majlis Mehnat va ijtimoiy masalalar qo‘mitasi hamda Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti tomonidan tashkil etilib, unda qo‘mita raisi Mavluda Xodjayeva va Spiker birinchi o‘rinbosari Akmal Saidovlar ishtirok etishdi.

Bu kabi dolzarb mavzular muhokamasiga “Xalqaro iqtisodiyot va menejment” fakulteti dekan muovini Baxrom Nazaraliyev boshchiligidagi “Renessans” klubi faol talaba yoshlari ham qatnashib, kun tartibidagi savollar yuzasidan real ahamiyat kasb etuvchi taklif-mulohazalarini bayon qilishdi.

UWED Official | JIDU rasmiy

O‘zA

Nashr sanasi 01.08.2022 Ko'rishlar 7 197
Ulashish