Inson huquq va manfaatlari, uning qadri, sha’ni va g‘ururini yetakchi o‘ringa olib chiqish – ustuvor vazifamiz

«2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini amalga oshirish, erishilgan yutuqlarni mustahkamlab, tub islohot jarayonlarini yangi bosqichga ko‘tarish, inson huquq va manfaatlari, uning qadri, sha’ni va g‘ururini yetakchi o‘ringa olib chiqish ustuvor vazifamizga aylangan hozirgi vaqtda yurtimizda tinchlik va barqarorlikni saqlash, davlatimizning hududiy yaxlitligi va bo‘linmasligi, sarhadlarimiz daxlsizligini ta’minlash, millatlararo totuvlik, diniy bag‘rikenglik va hamjihatlikni mustahkamlashga intilish ko‘p millatli xalqimizni yanada birlashtiradigan, yuksak marralarga safarbar etadigan beqiyos kuchga aylanib bormoqda».

Prezident Shavkat Mirziyoevning 2022 yil 1 avgustda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz bir yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni yuqori saviyada o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarorida shunday deb ta’kidlangan.

Xalqimizning ulkan jasorati va matonati bilan 1991 yil 31 avgustda qo‘lga kiritilgan O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yurtdoshlarimiz, ayniqsa, yosh avlod qalbida Vatanga muhabbat va sadoqat tuyg‘ularini kamol toptirish, yurtimizni har tomonlama erkin, obod va farovon mamlakatga aylantirishdagi ahamiyati ulkan, mohiyati esa beqiyosdir.

Prezidentimiz qarorida e’tirof etilganidek, “Aynan milliy mustaqillik el-yurtimiz uchun jahon hamjamiyatidan munosib o‘rin egallab, huquqiy demokratik davlat va erkin fuqarolik jamiyatini qurish, shu jumladan, hayotning turli soha va tarmoqlarida keng ko‘lamli islohotlarni amalga oshirish uchun mustahkam zamin yaratib, erishayotgan barcha yutuq va marralarimizning asosiy manbai bo‘lib kelmoqda”.

Ayniqsa, so‘nggi yillarda, dunyoda koronavirus pandemiyasi va iqtisodiy inqiroz, keskin raqobat, turli qarama-qarshilik va ziddiyatlar tufayli yuzaga kelgan g‘oyat og‘ir va murakkab vaziyatda Yangi O‘zbekistonni barpo etish va uni jahonga tarannum qilish yo‘lida g‘oyat muhim natijalarga erishilmoqda. Bunda dastlab Harakatlar strategiyasi, endilikda Taraqqiyot strategiyasi  asosiy dasturilamal bo‘lmoqda.

Ushbu yutuqlar xalqaro jamoatchilik tomonidan e’tirof etilmoqda. Eng asosiysi, vatandoshlarimizning ongu tafakkuri, dunyoqarashi o‘zgarib, ular islohotlar samarasini kundalik hayotida tobora teran his qilib yashamoqdalar.

Qarorga muvofiq, “Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz” degan bosh g‘oyani o‘zida mujassam etgan tashkiliy-amaliy, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar hamda targ‘ibot-tashviqot ishlari dasturi tasdiqlandi.

Dasturda nazarda tutilgan chora-tadbirlarning samarali bajarilishi hamda Mustaqillik bayramining keng nishonlanishini ta’minlash yuzasidan Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi
Milliy markazida ham tayyorgarlik ishlari boshlab yuborildi.

 

Inson huquqlari bo‘yicha
O‘zbekiston Respublikasi
Milliy markazining
matbuot xizmati

 

Powered by GSpeech