Qochqinlar sohasidagi qonunchilik va amaliyot muhokama etildi

Poytaxtimizda O‘zbekiston Respublikasining qochqinlar sohasidagi qonunchiligi va amaliyotining qiyosiy huquqiy tahlili natijalari taqdimotiga bag‘ishlangan milliy seminar o‘tkazildi.

Unda BMTning Qochqinlar bo‘yicha Oliy komissar boshqarmasi (UNHCR), manfaatdor vazirlik va idoralar hamda huquq-tartibot idoralarining vakillari ishtirok etdi.  

Seminarda 1951 yildagi Qochoqlar maqomi to‘g‘risidagi konvensiya va uning 1967 yildagi Bayonnomasiga qo‘shilish istiqbollari konteksida O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi va amaliyotini huquqiy tahlil qilishning asosiy xulosalari, qochqinlarni himoya qilish bo‘yicha xalqaro standartlar bilan taqqoslashga asoslangan ilg‘or tajribalar va mavjud kamchiliklar, shuningdek, milliy himoya tizimini rivojlantirish bo‘yicha keyingi chora-tadbirlar muhokama qilindi. 

Shuningdek, Bosh prokuratura bo‘lim boshlig‘i T.Umarov chet el fuqarolari yoki fuqaroligi bo‘lmagan mahkumlarni topshirish (ekstraditsiya qilish), O‘zbekiston qonunchiligi va amaliyotini 1951 yilgi Konvensiya qoidalari va boshqa tegishli xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish istiqbollari haqida ma’lumot berdi.          

Sh.Ne’matov, O‘zA

Powered by GSpeech