Sayt xaritasi 00:00:00
Maslahat telefoni+998 71 239 13 58
Bizning manzilIslom Karimov ko'chasi 15 uy
Yangiliklar

Martin Chungong: gender tenglik borasida qilinayotgan ishlarni O‘zbekiston boshqa mamlakatlarga ham targ‘ib etishi lozim

– Ushbu juda muhim tadbirda biz birinchi marta Markaziy Osiyodagi eng dolzarb masalalarni muhokama qildik. Menimcha bu O‘zbekistonda gender tenglik tan olinishining yorqin isboti. Kecha mamlakat prezidenti bilan uchrashdik, unda O‘zbekistonda xotin-qizlarning jamiyatdagi, siyosatdagi rolini oshirish bo‘yicha qilingan ishlar muhokama qilindi.  Aytish kerakki, O‘zbekistonda bu borada juda yaxshi misollar bor. Xususan, Oliy Majlis Senatini ham ayol rahbar boshqaradi. Gender tenglik borasida qilinayotgan ishlarni O‘zbekiston boshqa mamlakatlarga ham targ‘ib etishi lozim. Sammitda barcha ishtirokchi mamlakatlar gender tenglik borasidagi tajribalarini taqdimot qilishdi. Biz ushbu masalalarga parlament qanday hissa qo‘sha olishini muhokama qildik.

Martin Chungong,

Parlamentlararo ittifoq bosh kotibi

O‘zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisi Senatining
Axborot xizmati

 

Nashr sanasi 13.09.2022 Ko'rishlar 7 019
Ulashish