Sayt xaritasi 00:00:00
Maslahat telefoni+998 71 239 13 58
Bizning manzilIslom Karimov ko'chasi 15 uy
Yangiliklar

Ilmiy salohiyatni oshirish yo‘lida

Joriy yilning 12 sentyabr kuni Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi huzuridagi ilmiy kengashda mustaqil izlanuvchi L.X.Isoqovning “Migrantlar huquqlarini ta’minlash va himoya qilish: qiyosiy-huquqiy tahlil” mavzusidagi 12.00.13 – Inson huquqlari ixtisosligi bo‘yicha yuridik fanlar doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiyasi himoyasi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadqiqot doirasida migrantlar huquqlarini ta’minlash va himoya qilishni takomillashtirishga qaratilgan ilmiy asoslangan taklif hamda tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Tadqiqot natijasida “Migratsiya huquqi” nomli darslikning ishlab chiqilishi orqali migratsiya huquqini alohida fan sohasi sifatida tadqiq qilish va uni o‘qitilishini tashkillashtirish migratsiya jarayonlarini huquqiy tartibga solish sohasida yuqori malakali yuridik kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishga xizmat qilishi asoslantirilgan. Shuningdek migrantlar uchun mo‘ljallangan va migratsiya sohasidagi 50 ga yaqin interaktiv davlat xizmatlarini yagona platformaga birlashtirgan “Musofir-madad” nomli innovatsion mahsulot ishlab chiqildi va amaliyotga tatbiq etildi.

Nashr sanasi 15.09.2022 Ko'rishlar 7 540
Ulashish