Ilm-fan va ta’limda milliy va xalqaro tajriba

Ichki ishlar vazirligi akademiyasida “Ilm-fan va ta’limning innovatsion rivojlanishi: hozirgi holati va taraqqiyot tamoyillari” mavzuida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, Fanlar akademiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YeXHT)ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi, yurtimiz va xorijning bir qator yetakchi oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda tashkil etilgan anjumanda mamlakatimiz ilm-fani oldida turgan ustuvor yo‘nalishlar, innovatsion rivojlanish tendensiyalarini amaliyotga tatbiq etish, bu borada milliy va xalqaro tajribaning o‘ziga xos jihatlari qizg‘in muhokama qilindi.  

Anjumanda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi o‘rinbosari A.Saidov, Toshkent shahridagi Amiti universiteti rektori B.Abdullayev, Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universitetining Toshkent filiali ijrochi direktori A.Mag‘rupov, IIV Akademiyasi boshlig‘i R.Xatamov so‘z olib, ilm-fan va innovatsion faoliyatni rivojlantirishning muhim jihatlariga to‘xtalib o‘tdilar. Shuningdek Belarus, Xitoy, Hindiston va rossiyalik olimlarning ma’ruzalari tinglandi.  

Kunning ikkinchi yarmida xalqaro anjuman ishi sessiyalarga bo‘lingan holda davom ettirildi. Xalqaro hamda mahalliy ekspertlar tomonidan zamonaviy ilm-fan va ta’lim sohasidagi dolzarb muammolarning yechimlariga qaratilgan o‘nlab taklif-tavsiyalar ishlab chiqildi.  

IIV Akademiyasi Axborot xizmati 
O‘zA

Powered by GSpeech