Sayt xaritasi 00:00:00
Maslahat telefoni+998 71 239 13 58
Bizning manzilIslom Karimov ko'chasi 15 uy
Yangiliklar

Yangi O‘zbekiston – xorijliklar nigohida

Taniqli siyosatshunos O‘zbekistonning Markaziy Osiyodagi pozitsiyasi kuchayib borayotganini ta’kidladi

 

– O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Turkmanistonga tashrifi — rasmiy Toshkentning Markaziy Osiyo mintaqasidagi pozitsiyasi kuchayib borayotganiga yana bir yorqin dalildir. Bu — mamlakat tashqi siyosati samarasining namoyon bo‘lishi hamdir. Aytish kerakki, mazkur jarayonda aynan O‘zbekiston tomoni tashabbuskorlik ko‘rsatmoqda.

O‘zbekiston Prezidenti so‘nggi bir yil davomida, 2021-yil dekabr oyini ham hisobga olsak, rasmiy tashrif bilan Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmanistonda bo‘ldi. Shu bilan birga, joriy yilda Tojikiston, Turkmaniston yetakchilari Toshkentga rasmiy tashrif bilan keldilar. Bu hisobga hali barcha qo‘shni mamlakatlar rahbarlari ishtirok etgan Samarqanddagi ShHT sammiti kiritilmadi. Qolaversa, O‘zbekiston ikki yil ichida mintaqadagi barcha davlatlar bilan ikki tomonlama munosabatlar bazasini sezilarli darajada yangiladi va takomillashtirdi.

Ushbu tashrif ikki tomonlama aloqalarga kuch bag‘ishlaydi va Markaziy Osiyo mintaqasidagi muloqot jarayonlarining rivojiga muhim hissa qo‘shadi. Ikki mamlakat o‘rtasidagi tovar aylanmasi barqaror o‘sib borayotgani va o‘tgan yili 1 milliard dollarga yaqinlashganini qayd etishning o‘zi yetarli. Tomonlar yaqin yillar ichida ushbu raqamning ikki baravar ko‘payishini hamda tovar aylanmasi tarkibi sifat jihatdan yanada yaxshilanishini kutmoqda.

 

Xabar.uz

Nashr sanasi 21.10.2022 Ko'rishlar 7 150
Ulashish