Sayt xaritasi 00:00:00
Maslahat telefoni+998 71 239 13 58
Bizning manzilIslom Karimov ko'chasi 15 uy
Yangiliklar

Milliy markazda “O‘zbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi” esdalik nishoni o‘z egalariga topshirildi

Mamlakatimizning barcha hududlari, korxona, tashkilot va muassasalarida Konstitutsiyamiz qabul qilinganining 30 yilligiga bag‘ishlangan bayram tadbirlari davom etmoqda. Ushbu tantanalar 10 dekabr – Xalqaro inson huquqlari kuni va O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi qabul qilingan kun sanalari bilan uyg‘unlikda nishonlanmoqda.

Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazida ham 9 dekabr kuni xuddi shunday qo‘shaloq tadbir tashkil etildi.

Milliy markaz direktori Akmal Saidov tadbirni ochar ekan, keyingi yillarda mamlakatimizda “Inson qadri uchun” tamoyili asosida amalga oshirilayotgan davlat siyosati va Taraqqiyot strategiyasi Konstitutsiya va xalqaro huquqning umume’tirof etilgan normalarida mustahkamlangan inson huquqlari va erkinliklarini ta’minlash, uning hayoti, daxlsizligi, qadr-qimmatini himoya qilishning samarali mexanizmlarini shakllantirishga qaratilganini qayd etdi.

Prezidentimiz Farmoni bilan joriy yil 8 noyabrda ta’sis etilgan “O‘zbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi” esdalik nishoniga Milliy markazning 20 nafar xodimi sazovor bo‘ldi. Tadbirda esdalik nishonlari o‘z egalariga tantanali topshirildi.

 

Inson huquqlari bo‘yicha
O‘zbekiston Respublikasi
Milliy markazining
matbuot xizmati

Nashr sanasi 09.12.2022 Ko'rishlar 6 766
Ulashish