Sayt xaritasi 00:00:00
Maslahat telefoni+998 71 239 13 58
Bizning manzilIslom Karimov ko'chasi 15 uy
Yangiliklar

“Qiynoqqa solishga qarshi kurashish: xalqaro amaliyot va milliy tajriba”

Bugun Farg‘ona shahrida boshlangan ayni mavzudagi o‘quv kursining birinchi kunida:

  • Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktorining birinchi o‘rinbosari, yuridik fanlar doktori, professor Mirzatillo Tillaboev;
  • O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Davlat va huquq instituti direktori, yuridik fanlar doktori Murodjon Turg‘unov;
  • O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi boshlig‘i o‘rinbosari, yuridik fanlar doktori, professor Muzaffarjon Mamasidiqov;
  • O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar Akademiyasi “Jazoni ijro etish faoliyati” kafedrasi dotsenti, podpolkovnik Quvonch Qodirov ma’ruzalari tinglandi.

Mashg‘ulotlarda, shuningdek, Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutining “Yuridik fanlar” kafedrasi boshlig‘i, yuridik fanlar nomzodi, dotsent Mehmonali Suvonqulov, ushbu institut o‘qituvchisi, podpolkovnik Jahongir Yaqubov va Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz bo‘lim boshlig‘i, yuridik fanlar nomzodi, dotsent F.Hayitboev o‘z ma’ruzalari bilan qatnashmoqda.

 

Inson huquqlari bo‘yicha
O‘zbekiston Respublikasi
Milliy markazining
matbuot xizmati

Nashr sanasi 22.02.2023 Ko'rishlar 5 947
Ulashish