Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi tashabbusi bilan nashr etilgan adabiyotlar jamlanmasi Toshkent viloyati xalq ta’limi boshqarmasiga qarashli 15-sonli Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilariga hadya etildi.
Markazning F.Hayitboev, X.Mo‘minov va boshqa bir qator mas’ul xodimlari shu yil 13 oktabr kuni Bo‘ka tumanida joylashgan Mehribonlik uyida bo‘lib, yoshlar uchun yaratilgan shart-sharoit bilan tanishdilar.
Mehribonlik uyi direktori Oybek Ortiqovning so‘zlariga qaraganda, ushbu muassasa 1964 yilda tashkil etilgan. Bu yerda 79 nafar xodim faoliyat olib boradi. Mazkur bolalar uyida yuzga yaqin o‘g‘il-qiz tarbiyalanmoqda.
Kutubxona mudirasi Kamola Karimova beg‘araz taqdim etilgan kitoblarni qabul qilib olar ekan, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi rahbariyati va jamoasiga Mehribonlik uyi tarbiyachilari va tarbiyalanuvchilari nomidan minnatdorlik bildirdi.
Inson huquqlari bo‘yicha
O‘zbekiston Respublikasi
Milliy markazi
matbuot xizmati
- Qo'shildi: 15.10.2021
- Ko'rishlar: 3225
- Chop etish