Sayt xaritasi 00:00:00
Maslahat telefoni+998 71 239 13 58
Bizning manzilIslom Karimov ko'chasi 15 uy
Yangiliklar

Mehnat va ijtimoiy munosabatlar akademiyasi tashkil etildi

Prezident qarori (PQ–5227-son, 23.08.2021 y.) bilan Mehnat va ijtimoiy munosabatlar akademiyasi tashkil etildi

Qarorga ko'ra, Akademiya barcha ta'lim bosqichlarida faoliyat ko'rsatadigan nodavlat ta'lim tashkiloti hisoblanadi.

Akademiyada quyidagi yo'nalishlarda oliy malakali ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlanadi:

xalqaro va milliy mehnat standartlari;
mehnat huquqi;
inson huquqlari;
mehnat tibbiyoti;
ijtimoiy himoya va mehnat muhofazasi.

Akademiyada ta'lim faoliyati 2022/2023 o'quv yilidan boshlanadi.

Ta'lim o'zbek, rus va ingliz tillarida to'lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.

Qabul parametrlari, abiturientlarni qabul qilish tartibi, to'lov-kontrakt qiymati hamda pedagog kadrlarning mehnatiga haq to'lash miqdori O'zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi (Muassis) bilan kelishilgan holda Akademiya tomonidan tasdiqlanadi.

Akademiya bitiruvchilariga oliy ta'lim va professional ta'lim to'g'risidagi hujjat sifatida tan olinadigan diplom beriladi.

Qarorga ko'ra, har yili 20 nafardan kam bo'lmagan, Akademiyaga kirish imtihonlarida yuqori ball to'plagan, “Ijtimoiy himoya yagona reestri” axborot tizimida kam ta'minlangan oila sifatida ro'yxatga olingan oilalarning farzandlari bepul (Muassis granti asosida) o'qishga qabul qilinadi.

Manba: Huquqiy axborot

Nashr sanasi 23.08.2021 Ko'rishlar 6 734
Ulashish