Sayt xaritasi 00:00:00
Maslahat telefoni+998 71 239 13 58
Bizning manzilIslom Karimov ko'chasi 15 uy
Yangiliklar

Milliy markaz kitoblari – “Bolalar shaharchasi” kutubxonasiga

Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy markazi tomonidan joriy yilning 25 avgust kuni Xorazm viloyati, Xiva shahridagi “Bolalar shaharchasi”da O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 9 avgustda qabul qilingan “Yetim bolalar va ota-ona qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalarni tarbiyalashning tubdan yangilangan tizimini joriy etish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qaroriga bag'ishlangan davra suhbati bo'lib o'tdi.

Tadbir davomida O'zbekistonda bola huquqlarini himoya qilish sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, bu boradagi xalqaro standartlarni milliy qonunchilikka implementatsiya qilish jarayonlari, yetim va ota-onasi qaramog'isiz qolgan bolalar uchun yaratilayotgan sharoitlar, xususan, ularning sifatli ta'lim olishlari uchun davlatimiz tomonidan berilayotgan imkoniyatlar haqida so'z bordi.

Bu boradagi davlatimiz rahbari imzolgan yangi qarorning mazmun-mohiyati, unda qo'yilgan vazifalar yuzasidan atroflicha ma'lumot berildi.

Shuningdek, o'qish jarayonida raqamli vositalardan foydalanish bilan bog'liq samarador tajriba va uslublar haqida ham fikr almashildi.

Tadbir so'ngida Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy markazi tomonidan chop etilgan kitoblar “Bolalar shaharchasi” kutubxonasiga beg'araz taqdim etildi.

Inson huquqlari bo'yicha
O'zbekiston Respublikasi
Milliy markazining
matbuot xizmati

Nashr sanasi 26.08.2021 Ko'rishlar 6 149
Ulashish