Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy markazi tomonidan chop etilgan kitoblar Namangan viloyati Namangan shahridagi 26-sonli Mehribonlik uyiga beg'araz taqdim etildi.
Shu yil 23 avgust kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy markazi bo'lim boshlig'i Hamidulla Mo'minov va Markazning bir guruh xodimlari ushbu Mehribonlik uyida bo'lib, u yerdagi shart-sharoitlar bilan tanishdilar.
Mehribonlik uyi direktorining ijtimoiy muhofaza ishlari bo'yicha o'rinbosari Abrorjon Asqarov mehmonlarga yaqinda tubdan qayta ta'mirlangan ushbu muassasa faoliyati haqida so'zlab berdi.
Qayta ta'mirlash ishlari Mehribonlik uyiga yanada fayz kiritgan. Eng muhimi, bolajonlar uchun zarur barcha sharoitlar yaratilgan.
Mehribonlik uyi direktorining ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha o'rinbosari Feruza Abdurahmonova Markaz nomidan taqdim etilgan kitoblarni qabul qilib olar ekan, bu ziyo manbalari Mehribonlik uyi uchun Mustaqillik bayrami arafasida ajoyib sovg'a bo'lganini ta'kidladi.
Inson huquqlari bo'yicha
O'zbekiston Respublikasi
Milliy markazining
matbuot xizmati
- Qo'shildi: 24.08.2021
- Ko'rishlar: 3545
- Chop etish