O‘zbekiston va Xitoy hamkorlikni yanada kuchaytirmoqchi
Pekin shahrida O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov va Xitoy Davlat kengashi bosh vaziri Li Syan o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Muzokaralarda savdo, investitsiya, energetika, transport bog‘liqligi va gumanitar sohalardagi hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Tomonlar ikki davlat rahbarlari belgilab bergan strategik sheriklik yo‘nalishini davom ettirish muhimligini ta’kidladi.
Li Syan Xitoy O‘zbekiston bilan o‘zaro ishonch va manfaatli hamkorlikni yanada chuqurlashtirishga tayyorligini bildirdi. Abdulla Aripov esa O‘zbekiston “yagona Xitoy” tamoyiliga sodiq qolishi va “Bir makon — bir yo‘l” tashabbusida faol ishtirok etishini qayd etdi.
Shuningdek, uchrashuvda xalqaro masalalar bo‘yicha muvofiqlashuvni kuchaytirish va ikki tomonlama munosabatlarni yangi bosqichga olib chiqish masalalari ham ko‘tarildi.
Rasmiy xabarlar
Ўзбекча
English
Русский