Sayt xaritasi 00:00:00
Maslahat telefoni+998 71 239 13 58
Bizning manzilIslom Karimov ko'chasi 15 uy
Yangiliklar

O'zbekiston XMTning 187-sonli Konventsiyasini ratifikatsiya qildi

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti 2021 yil 4 iyun kuni “Xalqaro mehnat tashkilotining Mehnat xavfsizligi va gigienasiga ko'maklashish asoslari to'g'risidagi 187-sonli Konventsiyasini ratifikatsiya qilish haqida”gi Qonunni imzoladi.

Konventsiyaning asosiy maqsadi ishlab chiqarishda shikastlanishlar, kasbiy kasalliklar va insonlar o'limining oldini olish uchun doimiy ravishda mehnat xavfsizligi va gigienasini takomillashtirishdan iborat.

Mazkur Konventsiya 2006 yil 15 iyunda Jeneva shahrida qabul qilingan. Bugungi kunda 49 ta davlat Konventsiya ishtirokchisi hisoblanadi.

Inson huquqlari bo'yicha
O'zbekiston Respublikasi
Milliy markazining
Matbuot xizmati

Nashr sanasi 07.06.2021 Ko'rishlar 6 729
Ulashish