Sayt xaritasi 00:00:00
Maslahat telefoni+998 71 239 13 58
Bizning manzilIslom Karimov ko'chasi 15 uy
Yangiliklar

O‘zbekistondagi bolalarni himoya qilish sohasidagi islohotlar xalqaro darajada e’tirof etildi

Buxarest shahrida “Bolalarga nisbatan zo‘ravonlikni tugatish” mavzusida Mintaqaviy vazirlar konferensiyasi bo‘lib o‘tgan edi. Unda Yevropa va Markaziy Osiyo davlatlari vakillari, xalqaro tashkilotlar, ekspertlar hamda fuqarolik jamiyati institutlari ishtirok etgan.

Konferensiya yakunlari bo‘yicha “Yevropa va Markaziy Osiyoda bolalarga nisbatan zo‘ravonlikni tugatish” bo‘yicha Mintaqaviy vazirlar konferensiyasining rasmiy hisoboti e’lon qilindi. Unda O‘zbekistondagi bolalarni himoya qilish yo‘nalishidagi islohotlar alohida qayd etildi.

Xususan, mamlakatimiz tomonidan Bolalarni himoya qilish to‘g‘risidagi qonunni amalga oshirish, idoralararo koordinatsiyani kuchaytirish, ko‘p funksiyali bolalarni himoya qilish markazlarini sinovdan o‘tkazish, ishonch telefonlari xizmatini kengaytirish hamda ijobiy ota-onalik dasturlarini rivojlantirish bo‘yicha majburiyatlar olgani ta’kidlandi.

Mazkur tashabbuslar bolalar xavfsizligini ta’minlash, zo‘ravonlikning oldini olish va yordam xizmatlari qamrovini kengaytirishga qaratilgan kompleks yondashuvning bir qismi sifatida baholandi.

Bu e’tirof O‘zbekistonda bolalarni himoya qilish sohasida olib borilayotgan tizimli islohotlarning xalqaro darajada tan olinayotganini yana bir bor tasdiqlaydi.

N.Abduraimova, O‘zA

Nashr sanasi 27.02.2026 Ko'rishlar 2 285
Ulashish