Sayt xaritasi 00:00:00
Maslahat telefoni+998 71 239 13 58
Bizning manzilIslom Karimov ko'chasi 15 uy
Yangiliklar

O'zbekistonning boy madaniy merosi va turizm salohiyati Polshaning Pshemisl shahrida taqdim etildi

PSHEMISL, 28-oktabr. /"Dunyo" AA/. Polshaning Pshemisl shahrida bo'lib o'tgan III Turizm festivalida O'zbekistonning boy madaniy merosi va turizm salohiyatiga bag'ishlangan tadbir o'tkazildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Tadbirning alohida sessiyasi "O'zbekiston – Buyuk ipak yo'li" mavzusiga bag'ishlandi va unda yurtimizning turizm imkoniyatlari hamda madaniy boyliklariga bag'ishlangan taqdimot o'tkazildi.

Unda o'zbek xalqiga xos urf-odat va an'analarni yorqin ifoda etuvchi noyob fotosuratlar, o'zbek hunarmandlari tomonidan yaratilgan amaliy san'at namunalari va ipakchilik mahsulotlari namoyish etildi. Shuningdek, Xorazm, Samarqand va Buxoro viloyatlarining tarixiy merosiga oid suratlar hamda O'zbekiston madaniy merosining jahon to'plamlaridagi o'rnini yorituvchi eksponatlar taqdim etildi. Nukus shahri va Orol bo'yida turizmni rivojlantirish bo'yicha amalga oshirilayotgan loyihalar haqida batafsil ma'lumot berildi.

Mazkur ko'rgazma nafaqat mamlakatimizning boy madaniy merosi va turizm imkoniyatlarini keng targ'ib qilishga, balki O'zbekiston va Polsha o'rtasidagi madaniy-gumanitar hamkorlikni mustahkamlashga ham xizmat qildi.

Anjumanda shahar ma'muriyati, madaniyatshunos va san'atshunos olimlar, mashhur polyak amaliy san'at ustalari, Pshemisl shahri aholisi va mehmonlari ishtirok etdi.

Nashr sanasi 29.10.2025 Ko'rishlar 3 279
Ulashish