Sayt xaritasi 00:00:00
Maslahat telefoni+998 71 239 13 58
Bizning manzilIslom Karimov ko'chasi 15 uy
Yangiliklar

Prezident:mahalla rivojlansa, butun mamlakatimiz yuksaladi

2026 yil – Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili

Davlatimiz rahbarining Oliy Majlis va xalqimizga Murojaatnomasida 2026 yilni – Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili, deb e’lon qilish taklif qilindi.

Prezident o‘z nutqida tarix davomida qanday og‘ir sinovlarga duch kelmaylik, biz avvalo birdamlikdan kuch olishimizni ta’kidladi. Mashaqqatli kunlarda odamlarimiz, mahalla ahli yelkadosh bo‘lib qiyinchiliklarni yengganini yodga oldi.

– Buyuk maqsadga erishishda mahalla tizimining o‘rni va ta’siri beqiyos. Chunki mahalla tinch va ahil bo‘lsa, jamiyatimiz tinch va hamjihat bo‘ladi. Mahalla rivojlansa, butun mamlakatimiz yuksaladi, – dedi davlatimiz rahbari.

Murojaatnoma yakunlanganidan so‘ng O‘zbekiston mahallalari uyushmasi raisi Qahramon QURONBOEV yangi yilga bunday nom berilishining ahamiyati haqida fikrlarini bildirdi.

Suhbatni O‘zAning yutubdagi sahifasida tomosha qiling.

O‘zA

Nashr sanasi 26.12.2025 Ko'rishlar 2 690
Ulashish