Sayt xaritasi 00:00:00
Maslahat telefoni+998 71 239 13 58
Bizning manzilIslom Karimov ko'chasi 15 uy
Yangiliklar

Qutlov

Hurmatli yurtdoshlar!

 

Sizlarni O'zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma to'qqiz yillik bayrami bilan chin qalbimdan samimiy tabriklayman!

2020 yilning nihoyatda og'ir kelgani va dunyoda global muammolarning tahdidlari ortib borayotganiga qaramay, muhtaram Prezidentimiz rahbarligida O'zbekiston Mustaqillikning 29 yilligi tantanalarini hayotimizning turli sohalaridagi munosib yutuqlar bilan kutib olmoqda. Bularning barchasi xalqimizni cheksiz quvontirib, jahon hamjamiyatining e'tirofiga sazovor bo'lmoqda.

Sizlarni qutlug' ayyom bilan yana bir bor tabriklayman! Barcha orzu-niyatlaringiz ro'yobga chiqsin, omad va sog'liq, baxtu saodat hamisha hamrohingiz bo'lsin!

 

Hurmat  ila, 

Akmal SAIDOV,

Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi

Milliy markazi direktori

Nashr sanasi 29.08.2020 Ko'rishlar 7 966
Ulashish