Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy markazi tomonidan Toshkent shahri Yunusobod tumani 105-umumiy o'rta ta'lim maktabida Bola huquqlari to'g'risidagi konventsiya qabul qilinganining 30 yilligiga bag'ishlangan umummilliy dars tashkil etildi.
Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 17 iyuldagi qarori bilan tasdiqlangan Tadbirlar dasturiga asosan o'tkazilgan ushbu darsda Markaz muassisligidagi “Demokratlashtirish va inson huquqlari” jurnali tahririyati xodimlari F.Nizomov, A.Ramazonov, J.Ismoilov, L.Xoliqulov, M.Hasanova va N.Rahmatullaeva trening mashg'ulotlarini olib bordi. Savol-javoblarga boy bo'lgan mashg'ulotlar o'quvchilarda katta taassurot qoldirdi, ularning huquqiy madaniyatini, xususan BMTning Bola huquqlari to'g'risidagi konventsiyasi mohiyatiga oid bilimlarini yanada oshirishga xizmat qildi.
Tadbir so'ngida maktab kutubxonasiga kitoblar jamlanmasi sovg'a qilindi.
O'z navbatida, 105-umumiy o'rta ta'lim maktabi o'qituvchilar jamoasi ushbu tadbirni tashkillashtirgani uchun Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy markaziga minnatdorlik belgisi sifatida tashakkurnoma taqdim etdi.
Inson huquqlari bo'yicha
O'zbekiston Respublikasi
Milliy markazining
matbuot xizmati
- Qo'shildi: 21.11.2019
- Ko'rishlar: 5431
- Chop etish