Ruminiyada femitsid uchun umrbod qamoq jazosi joriy etildi

Ruminiya ayollar zo‘ravonligiga qarshi kurashish yo‘lida tarixiy qadam tashladi. Mamlakatda maxsus qonun bilan mamlakat uzoq vaqt yetarli darajada jazolanmagan holatlarga yangicha yondashuv joriy etmoqda.

Ruminiya Prezidenti Nikushor Dan xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlikka qarshi kurashishga qaratilgan yangi qonunni imzoladi. Mazkur hujjat bilan mamlakat qonunchiligida ayollar qasddan o‘ldirilishi – “femitsid” alohida jinoyat turi sifatida tan olindi. Ilgari bunday holat umumiy qotillik moddasi bilan jazolangan bo‘lsa, endi aybdorlarga 15-25 yil ozodlikdan mahrum qilish yoki umrbod qamoq jazosi berilishi belgilandi. Yetakchi o‘z bayonotida bunday tajovuz hozirgacha munosib jazolanmay kelgani fojiali oqibatlarga sabab bo‘lganini ta’kidladi.

Mazkur qonun ishlab chiqilishiga mamlakatdagi xavotirli statistika asos bo‘ldi: 2025-yil sakkiz oyida oilaviy nizo tufayli sodir etilgan qotilliklarning qariyb 70 foizida qurbon ayol kishi. Parlamentdagi barcha siyosiy kuchlar tomonidan qo‘llab-quvvatlangan ushbu tashabbus huquq-tartibot idoralariga maishiy zo‘ravonlik holatiga barvaqt aralashib, og‘ir jinoyatning oldi olinadi. Shu tariqa Ruminiya femitsid tushunchasini huquqiy tizimga kiritgan Xorvatiya, Italiya, Belgiya kabi Yevropa davlatlari safiga qo‘shildi.

F.Yaxshiboyeva, O‘zA

Powered by GSpeech