Sayt xaritasi 00:00:00
Maslahat telefoni+998 71 239 13 58
Bizning manzilIslom Karimov ko'chasi 15 uy
Yangiliklar

Saida Mirziyoyeva Rim Papasi Lev XIV bilan uchrashdi

Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Shayx Zoid nomidagi “Insoniy birodarlik” xalqaro mukofoti hakamlar hayʼati yigʻilishi doirasida Rim Papasi Lev XIV bilan uchrashdi.

 
«Mukofotning madaniyatlararo va dinlararo anglashuvni kengaytirishga qaratilgan faoliyatining asosiy yoʻnalishlarini muhokama qildik.
Oʻzbekistonda turli konfessiyalar vakillari, jumladan katoliklar, totuvlik va bagʻrikenglik muhitida yashayotgani taʼkidlandi. Mukofot bu qadriyatlarni xalqaro miqyosda mustahkamlashga intilmoqda.
Butun dunyoda ishonchni mustahkamlash va insonparvarlik tamoyillarini ilgari surishga qaratilgan loyihalar ustida hamkorlikda ishlashga tayyorlik bildirildi«, — deyiladi xabarda.
“Yangi Oʻzbekiston” va “Pravda Vostoka” gazetalari tahririyati»
Nashr sanasi 12.12.2025 Ko'rishlar 2 772
Ulashish