Sayt xaritasi 00:00:00
Maslahat telefoni+998 71 239 13 58
Bizning manzilIslom Karimov ko'chasi 15 uy
Yangiliklar

Samarqand veb-forumida O'zbekistonning 30 dan ortiq yoshlar tashkilotidan vakillar qatnashadi

2020 yilning 12-13 avgust kunlari o'tkaziladigan Inson huquqlari bo'yicha Samarqand veb-forumida yoshlar huquq va manfaatlarini himoya qilishning eng muhim jihatlari muhokama qilinadi. Shu munosabat bilan xalqaro anjuman
ishida 30 dan ortiq O'zbekiston yoshlar tashkilotlari vakillari mamlakatning barcha hududlaridan turib ishtirok etadi.

Jumladan, veb-forumda ishtirok etishga quyidagi yoshlar tashkilotlari vakillari ixtiyor bildirgan:

O'zbekiston yoshlar ittifoqi va uning hududiy bo'limlari;

O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati huzuridagi Yoshlar parlamenti;

O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti;

“Yuksalish” umummilliy harakati va uning hududiy bo'linmalari;

Respublika yosh olimlar assotsiatsiyasi;

Yosh ijodkorlar kengashi;

O'zbekiston yoshlar tadbirkorligini qo'llab-quvvatlash markazi;

Imkoniyati cheklangan bolalar va
yoshlar markazi mas'uliyati cheklangan jamiyati;

O'zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi;

Yosh huquqshunoslar kengashi;

Respublika yoshlar markazi va boshqa tashkilotlar.

Inson huquqlari bo'yicha
O'zbekiston Respublikasi
Milliy markazi

Nashr sanasi 08.08.2020 Ko'rishlar 8 569
Ulashish