30 noyabr kuni Toshkent Davlat yuridik universitetida “O'zbekiston va Yaponiya konstitutsiyashunosligi: umumiy va o'ziga hos xususiyatlari” mavzusidagi o'zbek-yapon yuridik forumi ish boshlaydi. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 27 yilligiga bag'ishlangan ushbu anjuman Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy markazi va Toshkent Davlat yuridik universiteti tomonidan tashkil etilmoqda.
Anjumanda O'zbekiston va Yaponiya Konstitutsiyalarining mazmun-mohiyati va rivojlanish tendentsiyalari muhokama qilinadi. “Yaponiya Konstitutsiyasi” kitobining yapon va o'zbek tillaridagi nashri haqida ham so'z boradi.
Forumga O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari, Konstitutsiyaviy sud, Oliy sud, vazirlik va tashkilotlar vakillari, oliy o'quv yurtlari olimlari va o'qituvchilari, talabalar, shuningdek yapon mutaxassislari taklif etilgan.
Inson huquqlari bo'yicha
O'zbekiston Respublikasi
Milliy markazining
matbuot xizmati
- Qo'shildi: 29.11.2019
- Ko'rishlar: 5280
- Chop etish