Sayt xaritasi 00:00:00
Maslahat telefoni+998 71 239 13 58
Bizning manzilIslom Karimov ko'chasi 15 uy
Yangiliklar

Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qo‘mitasi tashkil etiladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Mazkur qarorni qabul qilishdan bir qator muhim maqsadlar ko‘zlangan. Quyida ularning ba’zilariga qisqacha to‘xtalamiz.

Urbanizatsiya va uy-joy sohasida davlat boshqaruvi samaradorligi oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasi Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qo‘mitasi faoliyati tashkil etiladi.

Endi davlat organi mas’uliyati oshiriladi. Shunday tartib o‘rnatiladiki, unga ko‘ra tegishli masalalarni o‘z ichiga olgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari Milliy qo‘mita bilan majburiy kelishilishi shart bo‘ladi.

Bu masalalar sirasiga, uy-joylar qurilishida davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash choralari, Nukus va Toshkent shaharlari, viloyatlar markazlari va boshqa aglomeratsiyalarda uy-joy hamda noturar joy majmualarini qurish loyihalarini amalga oshirish kiradi.

Shuningdek, “Yangi O‘zbekiston” massivlari va boshqa massivlarda ko‘p kvartirali uylar qurilishi bo‘yicha yillik maqsadli ko‘rsatkichlar tasdiqlanadi.

O‘zA

Nashr sanasi 21.11.2025 Ko'rishlar 3 807
Ulashish