Sayt xaritasi 00:00:00
Maslahat telefoni+998 71 239 13 58
Bizning manzilIslom Karimov ko'chasi 15 uy
Yangiliklar

Turkiya bolalarning ijtimoiy tarmoqlarga kirishini taqiqlamoqda

15 yoshgacha bo‘lgan Turkiya fuqarolariga ijtimoiy tarmoqlar va o‘yin platformalariga kirish taqiqlanadi. Bu haqda mamlakat oila va ijtimoiy xizmatlar vaziri O‘zdemir Go‘ktosh mahalliy telekanallardan birida e’lon qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari o‘zlarining identifikatsiya raqamini kiritishlari va keyin shaxsini tasdiqlashlari shart bo‘ladi. 

– Biz endi bolalar va o‘smirlarning “tijorat ob’ektlari” sifatida ekspluatatsiya qilinishiga yo‘l qo‘ymaymiz, - dedi vazir o‘z nutqida. – Bugungi kunda maktab o‘quvchilari internetga tobora qaram bo‘lib qolmoqda, bu esa ularning o‘quv natijalariga ta’sir qiladi. 

Yangi qoida o‘lkada yanvar oyi oxirigacha joriy etilishi rejalashtirilmoqda. 

G.Sattorova, O‘zA

Nashr sanasi 05.01.2026 Ko'rishlar 2 711
Ulashish