Sayt xaritasi 00:00:00
Maslahat telefoni+998 71 239 13 58
Bizning manzilIslom Karimov ko'chasi 15 uy
Yangiliklar

Akmal Saidov Xyu Uilyamson bilan uchrashdi

30 yanvar kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori Akmal Saidov «Human Rights Watch» xalqaro nohukumat huquqni himoya qilish tashkilotining Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlari bo'yicha bo'limi rahbari Xyu Uilyamson bilan uchrashdi.

Muloqotda O'zbekistonda inson huquqlarini ta'minlash sohasida amalga oshirilayotgan yangilanishlar, shuningdek, BMT Qiynoqqa qarshi qo'mitasi tomonidan O'zbekiston Respublikasi Beshinchi davriy ma'ruzasi yuzasidan berilgan tavsiyalarni milliy qonunchilikka implementatsiya qilish yo'lida mamlakat hukumatining amalga oshiradigan istiqboldagi qadamlari muhokama qilindi.

Tomonlar Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi milliy strategiyasi loyihasi bo'yicha ham o'zaro fikr almashdilar.

 

Inson huquqlari bo'yicha
O'zbekiston Respublikasi
Milliy markazi
matbuot xizmati

Nashr sanasi 31.01.2020 Ko'rishlar 9 183
Ulashish