Sayt xaritasi 00:00:00
Maslahat telefoni+998 71 239 13 58
Bizning manzilIslom Karimov ko'chasi 15 uy
Yangiliklar

Xususiy tibbiyot uchun yangi imkoniyatlar yaratiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyevning tibbiyot xodimlari bilan uchrashuvida

Tibbiyot tashkilotlari assotsiatsiyasi raisi soha rivojiga oid bir qator takliflarni ilgari surdi.

 

Asosiy takliflar:

– Tibbiy sug‘urta tizimida teng to‘lovni joriy etish (xususiy va davlat klinikalariga 100 foiz miqdorda);

– Xizmat turlarini kengaytirish, ya’ni xususiy klinikalarga tibbiy sug‘urta tizimi orqali barcha nozologiyalar bo‘yicha xizmat ko‘rsatish imkonini berish;

– Javobgarlik tizimini yengillashtirish, ya’ni kamchilik aniqlanganda faqat o‘sha yo‘nalish faoliyatini vaqtincha to‘xtatish.

 

Uchrashuvda Prezident Shavkat Mirziyoyev ushbu takliflarni ma’qulladi.

 

Rasmiy xabarlar

Nashr sanasi 12.11.2025 Ko'rishlar 2 683
Ulashish