Sayt xaritasi 00:00:00
Maslahat telefoni+998 71 239 13 58
Bizning manzilIslom Karimov ko'chasi 15 uy
Yangiliklar

“Yoshlar daftari” jamgʻarmalari orqali ijtimoiy yordam koʻrsatish samaradorligi oshiriladi

Prezidentning “Yoshlar daftari” jamgʻarmalari orqali ijtimoiy yordam koʻrsatish tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida»gi farmoni (PF–222-son, 20.11.2025-y.) qabul qilindi.

Quyidagilar Farmonning asosiy maqsadlari etib belgilandi, jumladan:
  • 16 ming nafar “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarning doimiy daromad manbaiga ega boʻlishiga koʻmaklashish;
  • “Mutolaa” loyihasi doirasida ilmiy-ommabop, badiiy kitoblarni muntazam oʻqib boruvchi yoshlarning ulushini 10 foizga oshirish;
  • “Ibrat farzandlari” loyihasi doirasida xorijiy tillarni oʻzlashtirgan yoshlar ulushini 30 foizga oshirish.

Farmonga koʻra, 2026-yil 1-fevraldan belgilangan ijtimoiy yordam turlari Kambagʻal oilalar reyestriga kiritilgan oilalardagi yoshlarga ijtimoiy shartnoma orqali quyidagi shartlar asosida taqdim etiladi:

  • taʼlim olishni uzluksiz ravishda amalga oshirib borish;
  • taʼlim jarayonida ijobiy oʻzlashtirish koʻrsatkichlariga erishish;
  • volontyorlik faoliyatini amalga oshirish;
  • “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasidagi loyihalarda qatnashish.

“Yangi Oʻzbekiston” va “Pravda Vostoka” gazetalari tahririyati»

Nashr sanasi 21.11.2025 Ko'rishlar 2 857
Ulashish